Andijon viloyatining Asaka tumanida Matiz ikki nafar yosh bolani urib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH Asaka tumani “Yuksalish” MFY hududidan o‘tgan D-105E Asaka—Humo avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan.
Tan jarohati olgan bolalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng shifoxonadan javob berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.