“Halol Bozor” nomi noqonuniy deb topildi — Raqobat qo‘mitasi

“Halol Bozor” nomi noqonuniy deb topildi — Raqobat qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Halol Bozor” nomi ostida ko‘chmas mulk savdosi reklamalari noqonuniy shaklda joylashtirib kelingan.

Unga ko‘ra, ushbu axborot resursi fuqarolarni chalg‘itish ehtimoli yuqori bo‘lgan holda “Halol” so‘zidan asossiz foydalangan. “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq, bu holat nomaqbul reklama sifatida baholandi.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, “Halol” atamasi asosan oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, uni boshqa sohalarda ishlatish aholining adashishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Natijada, mazkur platforma nomi ixtiyoriy ravishda o‘zgartirildi.