O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi — tadqiqot
Ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlar miyadagi mukofot tizimini faollashtirib, dofamin ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu lazzatlanish hissini uyg‘otadi, natijada ekranga doimiy qaytish istagi yuzaga keladi.
Ko‘p hollarda bunday xatti-harakatlar o‘qishni yomon o‘zlashtirish, oiladagi nizolar va odamovilikka olib kelishi mumkin.