Bank kartalari bo‘yicha muhim o‘zgarishlar.
Bir kishi nomiga O‘zbekiston hududidagi barcha banklardan jami 20 ta so‘m karta (shu jumladan, virtual va kobeyjing kartalar) ochilgan bo‘lsa, bank yangi karta ochish haqidagi so‘rovni rad etadi.
Bitta bankda mijoz 5 ta so‘m hisobli karta (shu jumladan, virtual va kobeyjing kartalar) ochishi mumkin. Ushbu limitga yetgandan so‘ng, qo‘shimcha karta chiqarilmaydi.
Bank oxirgi 12 oy davomida hech qanday amaliyot bajarmagan va qoldig‘i mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmagan kartalarni bloklash va hisobvarag‘ini yopish huquqiga ega.