«Ko’ksaroy»da iftorlik qilindi

«Ko’ksaroy»da iftorlik qilindi

Shavkat Mirziyoyev “Koʻksaroy” qarorgohida oʻtkazilayotgan iftorlik marosimida nutq soʻzladi.

Hozirgi kunda dunyodagi vaziyat oʻta qaltis va murakkab boʻlib borayotganini hammamiz koʻrib-bilib turibmiz. Afsuski, aksariyat ziddiyat va mojarolar aynan islom dunyosida sodir boʻlayotgani barchamizni chuqur tashvishga solmoqda.

Notinchlik oʻchoqlari istalgan paytda kengayib, butun-butun mintaqalarga yoyilib ketish xavfi tobora ortib bormoqda. Musulmon mamlakatlarida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun birdamlik va islom ummati hamjihatligini yanada mustahkamlash har qachongidan ham dolzarb boʻlib qolmoqda.

Eʼtiborimiz markazida turishi kerak boʻlgan yana bir masala – bu yoshlarimizning qalbi va ongini zaharlashga, hayotini izdan chiqarishga qaratilgan koʻplab tahdidlar bilan bogʻliq. Farzandlarimizni ilm-maʼrifatga targʻib etish, yot gʻoyalar taʼsiridan saqlash borasida hurmatli imom-xatiblarimiz, koʻpni koʻrgan otaxon va onaxonlarimiz, mahalla faollari, hojilarimizning oʻrni beqiyos, albatta.

Barchamiz sizlarning ushbu yoʻnalishda olib borayotgan faoliyatingizni yuksak qadrlaymiz, deydi davlat rahbari.