Buyuk Britaniya banki Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi

Buyuk Britaniya banki Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2023-yilning 2-mart kuni Toshkent shahrida vazir oʻrinbosari Sarvar Hamidov bilan Standard Chartered Bank (Buyuk Britaniya) vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgani haqida xabar berdi.

Фото: Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги

Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda bankning Oʻzbekistondagi joriy faoliyati va mamlakat iqtisodiyotining metallurgiya, energetika va infratuzilmani rivojlantirish kabi ustuvor tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga uning investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari muhokama qilingan.

Фото: Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги

Tomonlar, shuningdek, Standard Chartered Bankʻning Oʻzbekiston bozorida eksportni moliyalashtirish boʻyicha mahsulotlarini ilgari surish va milliy kapital bozorini rivojlantirishdagi ishtirokining amaliy jihatlarini koʻrib chiqdi.

Фото: Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar amaliy kelishuvlarga erishish maqsadida belgilangan oʻzaro hamkorlik formati doirasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

 

Maʼlumot uchun, Standard Chartered Bank 1969-yilda Londonda tashkil etilgan. Asosiy faoliyatini Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida olib boradi. 2020-yil oxirida uning moliyaviy aktivlari 789,1 milliard dollarni tashkil qilgan.