Mark Pollard ChatGPT’ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi

Mark Pollard ChatGPT’ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi

Professional strateg va strategiya bo’yicha kitoblar muallifi Mark Pollard ChatGPT’ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi.

Chatbot unga eski ma’lumotlar asosida avstraliyaliklarga Chiliga kirish uchun viza kerak emasligini aytgan. Ammo viza kerak bo’lib chiqdi. Mark bu haqda chegarachilardan bilib oldi.

Shundan so’ng Mark ChatGPT’dan bu xatolik uchun OpenAI’ni sudga berishi mumkinmi yoki yo’qligini so’radi. Chatbot mumkin emas deb javob berdi.