Daniyada ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etiladi.
Joriy yilning iyul oyidan boshlab daniyalik 18 yoshga to‘lgan ayollar harbiy xizmatga chaqiriladi.
– Harbiy xizmatga chaqiruv ko‘ngillilar yetishmasligining o‘rnini to‘ldirish uchun amalga oshiriladi, – dedi mamlakat mudofaa vaziri Trels Lund Poulsen jurnalistlarga.
– Mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qurolli kuchlarga ko‘proq askarlar jalb qilinishi kerak.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab harbiy xizmatga chaqiruv masalasida erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikka erishiladi.