Shayxontohurdagi «dom»da yong‘in chiqdi

Shayxontohurdagi «dom»da yong‘in chiqdi

Shayxontohur tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Holat bo’yicha FVV rasmiy munosabat bildirdi.

Bugun, 27-mart kuni soat 12:06 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Iftihor ko’chasida joylashgan, ko’p qavatli uyda yong’in sodir bo’layotgani to’g’risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:10 da yetib borib, yong‘in soat 12:29 da qurshab olingan va hozirda yong’in o’chirilmoqda.

Yong’in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.