Samarqand shahrida 43 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnomaga o‘tkazilib, haydovchilardan kunlik reja topshirish majburiyati olib tashlandi. Endi haydovchilarga oylik bosib o‘tgan masofa va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab to‘lanadi.
Qayd etilishicha, avtobuslarda elektron to‘lov imkoniyati yaratildi. Imtiyozli va moslashuvchan (bir soat ichida birinchi to‘lov 1600 so‘m, ikkinchisi 400 so‘m, uchinchisi tekin) tariflar joriy etildi. Avtobuslarni onlayn rejimda kuzatish yo‘lga qo‘yildi.
Shaharga shu kungacha 100 ta elektrobus olib kelingan, 2025-yil yakuniga ko‘ra, yana 100 ta elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgan.