Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, avtomobil oynalarini ruxsat talablariga zid tarzda qoraytirgan haydovchilarga BHMning 1 baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarima solinishi mumkin. Mazkur o‘zgartirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 126¹-modda sifatida kiritilishi taklif qilinmoqda.
Bu taklif, tonirovkaga ruxsatnomasi bor va yo‘q haydovchilarning bir xil jazolanishi muammosini hal etishga qaratilgan. Hozirda loyiha jamoatchilik muhokamasida bo‘lib, fuqarolar o‘z fikr va takliflarini bildirishlari mumkin.