Murodjon Ahmadaliyev – Naoya Inoue jangi 14-sentyabrga mo‘ljallanyapti. Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni bo‘lib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tariladi.
Faqat buning uchun 4-may tongida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha noma’lum bo‘lgan raqibini yengishi talab etiladi. Murodjonning menejeri Vadim Kornilovning so‘zlariga ko‘ra, Inoue — Ahmadaliyev jangi 14-sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilyapti.
Avvalroq, charm qo‘lqop ustamiz Naoyaga murojaat qilib, istagalgan joyda, hatto raqibining vatanida ham jang o‘tkazishga tayyorligini aytgandi.