NKMK korrupsiyaga qarshi samarali kurashayotgan davlat tashkilot bo’ldi, qolganlarchi?

NKMK korrupsiyaga qarshi samarali kurashayotgan davlat tashkilot bo’ldi, qolganlarchi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi.

Unga koʻra, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ eng yuqori ball olgan (96 ball). Shuningdek, eng yaxshi koʻrsatgich qayd etganlar orasida Markaziy bank (94 ball), Soliq qoʻmitasi (92 ball), Sport vazirligi (88 ball), Adliya vazirligi (86 ball), Yoshlar ishlari agentligi (85 ball) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (82 ball) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (82 ball) ham bor.

Qoniqarli baho olganlar qatorida esa Transport vazirligi (80 ball), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (78 ball), Madaniyat vazirligi (77 ball), Pensiya jamgʻarmasi (74 ball), Kinematografiya agentligi (69 ball) kabilarni koʻrish mumkin.

Qoniqarsiz baholangan tashkilotlar esa jami 9 ta boʻlib, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi eng past ball olgan (9 ball). Ushbu agentlik oldingi yilda ham “qoniqarsiz”lar qatorida boʻlgan.

Oʻtgan yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan va bu yilgi faoliyatida oʻsish kuzatilgan davlat tashkilotlari quyidagilar:

▫️ Yoshlar ishlari agentligi – 85 ball (2023- yilda – 10 ball);

▫️ “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi AJ – 83 ball (28 ball);

▫️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 82 ball (50 ball);

▫️ Madaniy meros agentligi – 82 ball (22 ball) ;

▫️ Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – 78 ball (5 ball);

▫️ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – 72 ball (18 ball).

Shuningdek, “Oʻzbekkoʻmir” AJ oʻtgan yili ijobiy natija (2023-yilda – 60 ball) qayd etgan boʻlsa, joriy yil “qoniqarsiz” toifadan joy olgan (48 ball).