«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 7-jildi 24, 25-sahifalarida yozilganidek, 1935 yil 9 fevralda Narpay tumanining g‘arbiy qismida Paxtakor nomi bilan yangi tuman tashkil etilgan, markazi Ziyovuddin stansiyasi bo‘lgan.
1963 yilda Paxtakor tumani tugatilib, Narpay tumani tarkibiga qo‘shilgan.
Ziyovuddin stansiyasiga 1972 yilda shaharcha maqomi berildi.
1973 yil 12 aprelda Narpay tumani tarkibida Paxtachi nomi bilan yangi tashkil etilgan.
Markazi – Ziyovuddin shaharchasi.
Tashkil topgan vaqti – 1973-yil 12-aprel.
Umumiy maydoni – 1,38 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 7 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 59 ta, shundan shahar mahallalari soni – 5 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 8 ta.
Qishloq aholi punktlari – 132 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 152330 kishi (erkaklar – 75923, ayollar – 76407).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 130 km.
Chegaradosh viloyat – Navoiy, tumanlar – Nurobod, Narpay.
Tuman hokimi – Xushbaqov Qayum Norbekovich