Qozog’iston Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqdami?

Qozog’iston Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqdami?

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganini rad etdi

Avvalroq xorijiy OAVlarda Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, ularni rad etdi.

Bu mish-mishlarga Qozog‘iston tomonidan Rossiya bilan chegaradosh mintaqalarda huquqiy mudofaa brigadalarining joylashtirilgani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, bu harakatlar “ichki xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan qonuniy qonun loyihasi” doirasida amalga oshirilmoqda.

“Hududni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqilgan. Uning maqsadi — ichki va boshqa favqulodda vaziyatlarga javob berish, aholi, logistika, geografik va hududiy yaxlitlikni ta’minlashdir. Ushbu chora-tadbirlar tashqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rilmoqda”, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, 24-aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiyani Qozog‘istonning asosiy strategik sherigi va ishonchli ittifoqchisi deb atadi. U, shuningdek, millatlararo nizo va fitnalarning oldini olish zarurligini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Yaqinda Qozog‘istonga kirish-qaytish bilan bog‘liq qonun-qoidalarga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.