Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha test sinovlari tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu yilgi mezonlar o‘tgan yildagidek saqlanib qolgan.
Majburiy fanlar va ballar taqsimoti
Har bir abituriyent uchun quyidagi 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlari belgilanadi:
-
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq) – 10 ta savol
-
Matematika – 10 ta savol
-
O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol
Ushbu 30 ta savol har biri uchun 1.1 ball bilan baholanadi. Umumiy maksimal ball – 33 ball.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
Ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda har bir abituriyent yana 2 ta fan bo‘yicha test topshiradi:
-
1-fan – 30 ta savol, har biri 3.1 ball (jami 93.0 ball)
-
2-fan – 30 ta savol, har biri 2.1 ball (jami 63.0 ball)
Bu mutaxassislik blokidan jami 60 ta savol beriladi va ular uchun maksimal 156 ball to‘plash mumkin.
Umumiy test tartibi va maksimal ball
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarga jami 90 ta savol (30 ta majburiy, 60 ta mutaxassislik) beriladi. Umumiy hisobda 189 ball to‘plash mumkin bo‘ladi.
Bu baholash tizimi abituriyentlarning bilim darajasini adolatli va aniqlik bilan aniqlashga xizmat qiladi.