Sirtqi ta’lim bekor bo’lmoqda, qaysilarida?

Sirtqi ta’lim bekor bo’lmoqda, qaysilarida?

Pedagogika yo‘nalishida ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bir qator muhim o‘zgarishlar joriy qilindi.

 Prezident farmoni asosida pedagogik ta’lim tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Quyida asosiy o‘zgarishlar bilan tanishing:

1. Sirtqi ta’lim shakli bekor qilinadi

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab pedagogik ta’lim faqat kunduzgi va kechki shaklda olib boriladi. Farmonga ko‘ra, sirtqi shaklda pedagog kadrlarni tayyorlash to‘xtatiladi. Bu o‘zgarish ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

2. Yangi pedagogika universiteti tashkil etiladi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil qilinadi. Yangi universitet respublikadagi eng yetakchi pedagogik muassasa sifatida faoliyat yuritadi.

3. Bilim darajasi past yo‘nalishlar yopiladi

Talabalari o‘rtacha past bilim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan ped yo‘nalishlari bosqichma-bosqich yopib boriladi. Bu orqali ta’lim sifati va mezonlar keskin kuchaytiriladi.

4. 13 ta OTM Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi

Ta’lim sifatini uzviy boshqarish va rivojlantirish maqsadida 13 ta oliy ta’lim muassasasi Maktab vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Bu esa pedagogik kadrlar tayyorlashda maktab ta’limi bilan bevosita integratsiyani ta’minlaydi.

Ped yo‘nalishiga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar, ushbu yangiliklar asosida o‘z qarorlarini ongli ravishda qabul qilishi lozim. Ta’lim shakli, sifat talablari va universitet tanlovi endilikda yanada muhim ahamiyat kasb etadi.