Samarqandda 18 yoshli bola o‘z instagram sahifasida “zapretdagi“ diniy vakilning gapini qo‘ygani uchun 7 yilga qamaldi. Ushbu kontent diniy adovat quzg‘ovchi deb topilgan.
Internetda turli xil diniy kontent ko‘pchilik ko‘rishlar soni ko‘p bo‘lishi uchun boshqa kadrlar ustiga qo‘yib yuborib o‘z sahifasida joylaydi, lekin mazmun-mohiyatiga e’tibor ham bermaydi.
Qaysidir domla qaysidir oyatda yo hadisda mana bunday deyilgan, ana unday deyilgan desa, bosib yuboraverishadi, lekin oqibatini o‘ylashmaydi. Yaqinda Samarqandda bir 18 yoshli bola o‘z instagram sahifasida qaysidir bir diniy vakilning gapini qo‘ygani uchun 7 yilga qamalib ketdi, chunki u qo‘ygan kontent diniy adovat quzg‘ovchi deb topildi.
O‘sha kontent hozir ham uning sahifasida turibdi, 1000 dan oshiq odamlar bir-birlari bilan ulashishgan. Aslida sizni aybdor deb topish uchun kontentni o‘z sahifangizga joylashingiz ham shart emas, shunchaki shunday mazmundagi kontentni boshqalar bilan bo‘lishsangiz ham javobgar bo‘lib qolishingiz mumkin.
Shuning uchun internetda bir kontentni ulashishga juda ham ehtiyot bo‘ling. Har qanday narsani zo‘r gap ekan, ma’noli gap ekan deb ulashib yuboravermang, ayniqsa farzandlaringizga buni qattiq tayinlang, oddiy narsa-ku deb umr kuyib ketishi hech gap emas.
Dinara OMONTOSHEVA. «MUHIM24» muxbiri tayyorladi