Rossiyaning keskin hujumi: Tramp bunga qanday munosabatda?

Rossiyaning keskin hujumi: Tramp bunga qanday munosabatda?

Xabaringiz bor Rossiya Ukraina hududiga dron orqali kutilmagan hujum bilan zarbalar berdi.

24-maydan 25-mayga o’tar kechasi Rossiya Ukrainaning bir qator hududlariga uyushtirgan dron zarbalari oqibatida so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 12 kishi halok bo‘lgan va yana 30 dan ortiq inson jarohatlangan.

Bu holat qator geosiyosat olami vakillari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Jumladan bugun dunyo e’tibor markazidagi shaxs va davlat rahbari Donald Tramp ham ushbu holatga o’z munosabatini bildirdi. Tramp Ukrainaga halokatli zarbalar bergani uchun Putindan mamnun emasligini aytdi. 

«U ko’p odamlarni o’ldirdi. Putin bilan nima sodir boʻlganini bilmayman”, dedi AQSh prezidenti Harbiy havo kuchlari 1-ga chiqishdan oldin jurnalistlarga bergan intervyusida. 

«Men uni anchadan beri bilaman. Doim u bilan til topishib yuribman. Lekin u shaharlarga raketalar yuborib, odamlarni o’ldirmoqda. Va bu menga umuman yoqmadi», degan Tramp. 

Shuningdek, u jurnalistning Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘yish ehtimoli bormi, degan savoliga Tramp buni “mutlaqo”, ya’ni qaytadan o‘ylab ko‘rishini bildirgan.

Budan tashqari, Tramp sanksiya tariflari haqida gapirar ekan, AQSh Yevropa Ittifoqi tovarlariga 50 foizlik boj joriy etishni 1 iyundan 9 iyulgacha kechiktirishini aytib o’tgan.

Trampning aytishicha, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen bilan “yaxshi qo‘ng‘iroq”dan so‘ng u blok bilan muzokaralar uchun vaqt ajratish uchun sanani ko‘chirishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o’tamiz, Tramp juma kuni ijtimoiy tarmoqdagi postida Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 50 foizlik soliq solishi bilan tahdid qilgan. “AQShning afzalliklaridan foydalanish uchun tuzilgan” 27 aʼzolik blok savdo boʻyicha “juda qiyin” boʻlganini va muzokaralar “hech qayoqqa ketmasligini” aytgan edi.

Jamolbek SALOMOV, tayyorladi