Rossiya-Ukraina urushi: vaziyat qaysi tomonga hal bo‘lishi borasida to‘rt ssenariy ilgari surilmoqda

Rossiya-Ukraina urushi: vaziyat qaysi tomonga hal bo‘lishi borasida to‘rt ssenariy ilgari surilmoqda

Rossiya-Ukraina urushi: vaziyat qaysi tomonga hal bo‘lishi borasida to‘rt ssenariy ilgari surilmoqda.

JPMorganChase investisiya banki mijozlarga investisiya risklarini baholashda yordam berish uchun o‘z geosiyosat markazini tashkil etdi. Markazning ilk hisoboti Rossiya-Ukraina urushini yakunlash istiqbollariga bag‘ishlangan.

Tahlilchilarning yozishicha, urush «oxirgi o‘yinga kirdi» va sulh 2025 yilning ikkinchi choragi oxirigacha, ya’ni iyulgacha bo‘lishi mumkin.

Hisobotda bu qanday sodir bo‘lishi mumkinligiga to‘rtta ssenariy va ularning ehtimoliy foizlari ilgari surilgan.

Geosiyosat markazining fikricha, ssenariyni tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omil AQSH va Yevropa Ukrainaga taqdim etishga tayyor bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari darajasiga bog‘liq.

“Janubiy Koreya” ssenariysi bo‘yicha Yevropa qo‘shinlari Ukrainada joylashgan bo‘lib, ular Amerika razvedkasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va agar mojaro qayta boshlansa, AQSH yordam va’dasi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday holda, Ukraina xavfsizligi juda ishonchli ta’minlanadi va unga sarmoya kiritish xavfi nisbatan past bo‘ladi.

Belarus ssenariysi, aksincha, AQSH ham, Yevropa ham Ukraina xavfsizligini ta’minlay olmaydi yoki xohlamaydi, deb taxmin qiladi. Bu Rossiyaga maksimalistik talablarining bajarilishiga erishish va Ukrainani samarali tarzda vassal davlatga aylantirish imkonini beradi.

Hisobotda «Isroil» ssenariysi ehtimoli 20% deb baholangan. Uning fikricha, Ukraina Gʻarb xavfsizlik kafolatlarini oladi, biroq uning hududida Gʻarb qo‘shinlari bo‘lmaydi. U har doim yangi urushga tayyor bo‘lgan harbiylashtirilgan davlat bo‘lib qolishi kerak.

Va nihoyat, Geosiyosat markazi «Gruziya» ni eng ehtimoliy ssenariy deb hisoblaydi (50%): Ukraina Rossiya bilan urushdan keyin ishonchli xavfsizlik kafolatlarini olmaydi, beqaror bo‘lib qoladi va vaqt o‘tishi bilan, bir yoki ikki marta hokimiyat almashgandan so‘ng, Rossiyaning ta’sir doirasiga kiradi.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi