Bilasizmi, dunyo bo’ylab har yili 10 milliondan ortiq odam saraton sababli hayotdan ko‘z yumadi. Bu yer yuzi aholisining 8 foiziga to’g’ri keladi, degani.
O’zbekistonda esa bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko’ra, 100 mingdan ortiq inson bu kasallikka chalingan. Har yili 20 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlanadi. Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy markazining bergan xabarida joriy yilda hozirgacha 12 ming nafardan oshiq yangi bemorlar ro’yxatga olingan.
Xo’sh, bu raqamlar sizni dahshatga solmayaptimi? O’zi bu kasallik nimalardan kelib chiqadi, uni qanday turlari bor? Uning ilk alomatlarini qanday bilsa bo’ladi? Saratonga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak? Bugungi maqolamizda ayni shular haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Tamaki iste’moli saraton kasalligida o’limning taxminan, 22 foiz sababchisi hisoblanadi. Shuningdek, 10 foiz semizlik, noto’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi yoki spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish ham saraton kasalligiga olib keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, saratonning eng ko’p uchrayotgan turlari – bu ko’z, ko’krak bezi, o’pka, me’da va bachadon bo’yni saratonlari hisoblanadi.
Ko’z saratoni
Ko’z saratoni, nisbatan kam bo’lsa-da, ko’rish va umumiy salomatlikka sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ko’rishdagi o’zgarishlar: loyqa yoki buzilgan ko’rish qiyinligi yoki to’satdan ko’rishning yo’qolishi. Doimiy ko’z og’rig’i yoki boshqa alomatlar bilan birga bo’lishi mumkin bo’lgan noqulaylik.
Qizarish yoki shishish: ko’zning ko’rinishidagi sezilarli o’zgarishlar, jumladan, ko’z qopqog’i yoki kon’yuktivaning qizarishi yoki shishishi. Bu alomatlar boshqa turli xil sharoitlarda ham paydo bo’lishi mumkin. Biroq doimiy alomatlar tibbiy baholashni talab qiladi.
Ko’z saratonini davolash o’simtaning turiga, hajmiga, joylashishiga va kasallikning bosqichiga bog’liq.
O’pka saratoni
O’pka saratoni – o’pka to’qimalarida xavfli va xavfsiz hujayralar o’sishi bilan tavsiflanadigan o’pka kasalligi hisoblanadi. O’pka saratoni bronx epiteliysining metaplaziyaga uchrab, yassi shaklga aylangan hujayralardan paydo bo’ladi.O’sma ko’proq o’ng o’pka va uning yuqori bo’laklarida uchratish mumkin.
O’pka saratonining sabablari chekish, ham faol, ham passiv chekish. Oila tarixida o’pka saratoni mavjudligi. Radon gazi, asbest va boshqa kanserogenlar bilan aloqa qilish.
O’pka saratonining belgilari: doimiy yo’tal, disfoniya, shtaxaning yo’qolishi, vazn yo’qotish, nafas qisilishi.
O’pka saratonini davolash turlari:
Jarrohlik, takoz rezektsiyasi, lobektomiya, pnevmonektomiya, kimyoterapiya,maqsadli dori-darmonlar bilan davolash, immunitetni davolash, radiatsiya bilan davolash.
Saratonning dastlabki belgilari turlicha bo’lishi mumkin, bu esa kasallikning turiga bog’liq. Umumiy belgilar orasida to’satdan vazn yo’qotish, charchoq, ishtahaning yo’qolishi, og’riq, teridagi o’zgarishlar va qon ketishi bo’lishi mumkin.
Hech qanday mahsulot organizmni saraton kasalligidan 100 foiz himoya qila olmaydi. Ammo ularning ba’zilari kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu mahsulotlar onkologlar tomonidan iloji boricha tez-tez ideal holda har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Natijada kasallikning boshlanish xavfi imkon qadar past bo’ladi.
Sarimsoq
Shifokorlar sarimsoqni sevimli ovqatlarga qo’shib, iloji boricha ko’proq iste’mol qilishni maslahat beradi. Chunki tarkibidagi oltingugurt birikmalari immun tizimining tabiiy himoyasini rag’batlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sarimsoqni muntazam iste’mol qilish oshqozon saraton xavfini 12% ga kamaytirishi mumkin.
Kivi
Kivi C va E vitaminlari, shuningdek, erkin radikallarni zararsizlantiradigan va salomatlikni himoya qiluvchi lutein, mis hamda antioksidantlarga boy.
Olma
Birinchidan, olma tarkibidagi tabiiy kletchatka yo’g’on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.
Ikkinchidan, antioksidantning maxsus turi bo’lgan protsiyanidinlar saraton hujayralarini o’ldirishi mumkin. Haqiqatan ham, olma qanchalik ko’p iste’mol qilinsa, shifokorga shuncha kamroq murojaat qilinadi.
Saraton kasalligini erta bosqichda aniqlash orqali uni to’liq davolash mumkin. Shu sababli mamlakat bo’ylab yangi diagnostika markazlari ochilmoqda va zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda.
Sog’ligingizni asrang. Har qanday o’zgarishga befarq bo’lmang!
Dinora OMONTOSHEVA, «MUHIM24.uz» muxbiri tayyorladi