Jurnalist Akmal Toshev vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.
Jurnalist va shoir, “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyati xodimi 37 yoshli Akmal Toshev vafot etdi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, Akmal Toshevning oʻlimi yurak tamponadasi, oʻpka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tugʻma nuqsoni, yurak boʻlmachalari defektidan kelib chiqqan.
Avvalroq, Toshkentda 37 yoshli rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali muharriri Aleksandr Nechayev toʻsatdan vafot etganligi haqida Telegram sahifamizda xabar bergan edik.