Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat qarzining o’sishi nazoratdan chiqib ketgani sababli Amerika valyutasiga ishonch susayganini aytdi. Bu haqda diplomat BRIKS sammiti sessiyasida aytib o‘tdi.
“Global iqtisodiy dunyo tartibining yemirilishi noqonuniy bir tomonlama sanksiyalar va dollardan “jazo” quroli sifatida foydalanish tufayli yanada kuchaydi. Bir paytlar ishonchli to‘lov vositasi bo‘lgan Amerika valyutasiga ishonch so‘ndi”, — dedi Lavrov.
Bundan tashqari, diplomat tez o‘sib borayotgan qarz yuki ham salbiy omil ekanligini ta’kidladi. Lavrov, shuningdek, 2011-yildan buyon davlat qarzi yuqori boʻlgan davlatlar soni 22 dan 59 taga oshganiga eʼtibor qaratdi. Hozirda AQSh davlat qarzi 37 trillion dollarga teng va oʻsishda davom etmoqda.