Xitoyning King Long kompaniyasi Oʻzbekistonga 200 dona 18 metrlik avtobuslarni mart-aprel oylarida yetkazib beradi
Xitoyning Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd kompaniyasi va “Toshshahartransxizmat” AJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan 200 dona King Long rusumli oʻta katta sigʻimli avtobuslarni ishlab chiqarish davom etmoqda.
Transport vazirligining xabar berishicha, kuni kecha kompaniya tomonidan 18 metrlik tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarning daslabki partiyasini ishlab chiqarish jarayonlari yakunlangan.
Mazkur avtobuslar mart-aprel oylari davomida Oʻzbekistonga yetkazib berilishi kutilmoqda.