Netflix va Gollivud o’zbek podshohlari haqida kino olmoqchi?

Netflix va Gollivud o’zbek podshohlari haqida kino olmoqchi?

Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi.

Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, film buyuk sarkardaning yuksalishi haqidagi epik voqean tarixiy aniqlik va davr muhitiga alohida e’tibor bilan hikoya qiladi.

Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyat sari yo‘li haqida hikoya qiluvchi «So‘nggi fotihning yuksalishi» nomli filmni suratga olish jarayonini yakunladi.

Amir Temur haqida Netflix tomonidan suratga olingan “So‘nggi fotihning yuksalishi” (inglizcha: The Last Conqueror) nomli film haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, filmning suratga olish ishlari 2022-yil oxirida boshlanib, 2024-yil kuzida yakunlangan. Film O‘zbekiston va Qozog‘istonda suratga olingan bo‘lib, premyerasi 2025-yil yozida bo‘lib o‘tgan yoki yaqin orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Filmda Amir Temur rolini Kristian Mortensen, Amir Husayn rolini Mahesh Jadu, O‘ljoy Turkon rolini esa o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan. Rejissyor — Jeykob Shvars, ssenariy muallifi — Metyu Grin.

Hozir film post-prodyuserlik bosqichida. Premera 2025 yil yozi oxirida kutilmoqda.

Shuningdek, Gallivud rejissiyori Andijonda Z.M. Bobur haqidagi badiiy film -Blokbastir olishi haqidagi xabar ham bor. Suratga olish paviloni Bobur shahri adirliklariga quriladi.

Filmda bir qator dunyo tanigan kinoyulduzlari ishtirok etishi, musiqalarni esa mashhur “Oskar”dor “Titanik” filmining bastakori Bastakor Jeyms Xorner yozishi mumkin.

Blokbaster olishga kirishgan amerikalik rejissyor kecha Bobur shahrida jamoatchilik bilan uchrashib, shoh  va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida olinayotgan badiiy film, blokbaster haqida tushuncha berdi. Rejissyorga kinofilm yaratish taklifini Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan berilgan. Rejissor mahobatli loyihada qatnashish imkoniyatini bergan viloyat hokimiga minnatdorligini bildirdi.

Xo’sh, shu o’rinda hammani qiziqtiradigan savollar ham yuzaga kelishi tabiiy. Bizning ajdodlarimiz-u qahramonlarimiz haqida dunyoning TOP kinoijodkorlari film va seriallar olishi yaxshi, lekin bu mahsulotlarning tayyor bo’lgach bizni tariximizni yoki madaniyatimizni buzib ko’rsatilmasligiga kim kafolat beradi? Bu ishlar bo’yicha bizdan ham nazorat qiladigan vakil bormi? Xalq hali unutgani yo’q. Jaloliddin Manguberdi seriali yaratilishi va uning atrofidagi gap so’zlar rosa shov-shuvli bo’lgandi. Hatto asli ssenariy muallifi bo’lgan ijodkorlar ham tayyor mahsulotdan noroziligini bildirgandi. Filmda ham Xorazmning ba’zi odatlari buzilgani ham ko’zga tashlangan. O’ylaymizki, bizning tariximiz bo’yicha tayyorlanajak bunday kino mahsulotlar, albatta, mas’ullar e’tiborida bo’ladi…

Laylo ASHUROVA tayyorladi, MUHIM24