Rejissiyor Nabi G’aniyevning “Tohir va Zuhra” filmida Xorazm malikasi rolini ijro etgan Zebo G’aniyaveni bilsangiz kerak. U II Jahon urushida ham qatnashgan va qahramonlik ko’rsatgan o’zbeklardan, desam ishonasizmi?
Zebo aslida qanday oiladan?
Zeboning otasi ozarbayjon millatidan, onasi esa oʻzbek edi. 14 yoshida u tirik ota-onasi boʻlgan holda yetim boʻlib qoladi. U 1923-yil 20-avgust kuni dunyoga kelgan. Uning otasi Gʻaniyev Pasha ozarbayjonlik boʻlib, Shamaxa shahrida tugʻilgan. Gʻaniyev Pasha 1902-yilda Ozarbayjonda yuz bergan kuchli yer silkinishidan soʻng vatanni tashlab Oʻzbekistonga keladi. U shu yerda boʻlajak umr yoʻldoshi Komilani uchratib, u bilan turmush quradi. Tez orada oilada qiz farzand dunyoga keldi. Ona oʻz qiziga Zebo deb ism qoʻydi.
Mash’um 1937 yilda uning onasi sho‘rolar tuzumida avj olgan qatag‘onga uchraydi. Otasi esa «xalq dushmanining bolasi», degan tavqi la’natdan halos etish, shu bilan birga, murg‘ak farzandining hayotini saqlab qolish uchun qizchadan voz kechgandi. Shu yilda Zebo Toshkentga ketdi va Oʻzbekiston filarmoniyasining xoreografiya boʻlimiga oʻqishga kirdi.
1940-yilda Zebo Moskvaga Rossiya davlat teatr san’ati institutining aktyorlik boʻlimiga oʻqishga kirdi.
Talabalikdan Snayperlikkacha..
Urushning dastlabki kunlarida u frontga borishga koʻngillilar qatorida bo’lishga qaror qildi. Gʻaniyeva qisqa muddatli otish kurslariga yuboriladi. U yerda pulemyot ishlatish va merganlik miltigʻidan otishni oʻrganadi. Razvedkachilikni ham puxta o’zlashtiradi.
Zebo Gʻaniyeva 1941-yil 16-oktabridan Leningrad va Shimoliy-Gʻarbiy frontlarda jangga kirgan. Radio operatori sifatida u razvedka guruhlari tarkibida front chizigʻini 16 marta kesib oʻtgan, u yerdan radio orqali uzatilgan va dushman haqida muhim maʼlumotlarni olib kelgan. Zebo diviziondagi eng yaxshi snayperlardan biri hisoblangan.
V.S. Murmantsevaning «Sovet ayollari Ulugʻ Vatan urushida» kitobida, u qisqa vaqt ichida 21 ta fashistni oʻldirganligi haqida ma’lumotlar beriladi.
Rassom Toir Salahovaning xotiralaridan bo’lgan suhbatlarining birida Gʻaniyeva: «Toir, men bir yuz yigirma toʻqqizta fashistni oʻldirdim» deganini eslaydi.
O‘zbekiston va Belarus kino ijodkorlari bilan hamkorlikda Zebo G’aniya hayotiga bag’ishlangan «O’zbek qizi» filmi suratga olingan. Unda snayperchi qiz rolini Aysenen Yusupova mahorat bilan ijro qilgan.
Zebo G’aniyevaing orden va medallari:
1942-yil — «Moskva mudofaasi uchun» medali
1942-yil — Qizil Bayroq ordeni
1944-yil — Qizil Yulduz ordeni
1985-yil — 1-darajali Vatan urushi ordeni
Ogʻir yaralangan kichik leytenant Zebo Gʻaniyeva oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, uning safdoshlari Nina Solovey, Fyodor Kirillov va Yakov Kolyakoni jang maydonidan olib chiqdi.
Gʻaniyeva tarix fanini oʻrgangan, sharqshunoslik fanlari doktori, professor, filologiya fanlari nomzodi ham boʻlgan
1985-yilda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 40 yilligi sharafiga I darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.
Zebo otasini xalq dushmani, degan tavqi la’natdan xalos etadi.
Gʻaniyeva nozik xilqat vakili boʻlishiga qaramay, qoʻliga KO-91/30 rusumli snayper miltigʻi bilan dushmanga qarshi kurashgan. U razvedkachilar safida 12 marta “til” (dushmaning rejalarini bilib olish uchun tirik asir tutib kelish) operatsiyalarida ishtirok etgan.
Zebo Gʻaniyeva 33 marta jarohat olgan va sharq ayolining metindek irodasi bilan har safar o’limni chetlab o’ta olgan qahramonlaridandir.
Laylo ASHUROVA, tayyorladi