Bangladeshda qishloqqa samalyot quladi

Bangladeshda qishloqqa samalyot quladi

Dakka, 21-iyul 2025 — Bangladesh Harbiy-havo kuchlariga qarashli F-7 BGI o‘quv samolyoti dushanba kuni tushdan keyin soat 13:06 da mahalliy vaqt bilan Dakkadagi Kurmitola havo bazasidan muntazam o‘quv missiyasi doirasida havoga ko‘tarildi. Biroq, samolyot mexanik nosozlikka uchragan va Dakka shimolidagi Uttara hududida joylashgan Milestone maktabi va kolleji kampusiga qulab tushdi.

Hodisa natijasida kamida 19 kishi halok bo‘ldi va 164 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Halok bo‘lganlar orasida samolyot uchuvchisi, Flight Lieutenant Md. Toukir Islam ham bor. Mahalliy Prothom Alo nashrining xabar berishicha, samolyot havoga ko‘tarilgandan 12 daqiqa o‘tib, taxminan soat 13:18 da qulagan.

Voqea joyidan olingan video va fotosuratlarga ko‘ra, samolyot ikki qavatli maktab binosining devoriga urilib, yonib ketgan. Bu vaqtda kampusda darslar davom etayotgan bo‘lib, ko‘plab o‘quvchilar binoda edi. Uchuvchi samolyotni aholi zich joylashgan hududlardan uzoqlashtirishga harakat qilgan, biroq muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Bangladesh Harbiy-havo kuchlari hodisa sabablarini o‘rganish uchun yuqori darajali qo‘mita tuzdi. Mamlakatda 22-iyul kuni halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni e’lon qilindi.

Inter-Services Public Relations (ISPR) ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar Dakkadagi bir nechta shifoxonalarga, jumladan, National Institute of Burn and Plastic Surgery, Combined Military Hospital (CMH) va boshqa tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Ko‘plab jarohatlanganlar, ayniqsa, o‘quvchilar og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonalarda davolanmoqda.

Bangladeshning vaqtinchalik hukumat rahbari Muhammad Yunus hodisa munosabati bilan chuqur qayg‘u izhor qilib, “Havo kuchlari, o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va Milestone maktabi va kolleji xodimlari, shuningdek, ushbu fojia ta’siriga uchragan barcha uchun yo‘qotish o‘rnib bo‘lmasdir. Bu millat uchun chuqur qayg‘u lahzasidir,” deya X platformasida yozdi. U shuningdek, jarohatlanganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish va hodisani tergov qilish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Hozirda qutqaruv ishlari yakunlangan, ammo shifoxonalar jarohatlanganlarni davolashda davom etmoqda. Bangladesh hukumati fuqarolarni shifoxonalarda tibbiy xizmatlarning uzluksiz davom etishi учun keraksiz olomon to‘planmaslikka chaqirdi.

Laylo ASHUROVA tayyorladi