Suratda u videoselektor yig‘ilishi vaqtida ayolni quchoqlab o‘tirgani aks etgan bo‘lib, bu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berib, xodimning xizmat intizomi va odob-axloq qoidalarini buzganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi.
“Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish prinsipiga amal qiladi va bunday holatlarga mutlaqo murosasiz yondashadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat keng jamoatchilik e’tiborini tortib, davlat xizmatchilarining xulq-atvor standartlariga rioya qilish muhimligi haqida bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.
Ma’lumot o’rnida, ushbu mansabdor shaxs 2023 yil dekabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Ushbu lavozimiga tayinlanishidan oldin esa shahardagi Oqoltin mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ham ishlagan.
Laylo ASHUROVA, tayyorladi