maqola muallifi: Jamolbek SALOMOV "Muhim24.uz" sayti
Joriy yilning 14-mart kuni Paxtachi tuman hokimligida tuman tibbiyot tizimiga bag’ishlangan jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ulug’bek Suvonov o’tgan bir yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilgi rejalar xususida ma’lumotlarni taqdim etdi.
2022-yil davomida tibbiyot birlashmasida gemodializ markazi binosi kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Unga jami 85 mln. soʻm mablagʻ sarflangani aytib o’tildi. Shundan, 65.0 mln. soʻm tuman hokimligi tomonidan ajratilgan bo’lsa, 20 mln. soʻm tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplangan.
foto: muhim24.uz | Jamolbek SALOMOV
Birlashmaning MSKT xonasi kapital taʼmirlanib, tayyor holga keltirildi. Ushbu maqsadda jami 100 mln. soʻm mablagʻ sarflangan. Shundan, 25 mln. soʻm tuman hokimligi tomonidan ajratilgan, 75 mln. soʻm birlashmaning moliyaviy manbalari hisobidan qoplangan. Bu esa tumanning 152 ming nafar aholisining roziligiga sabab boʻladi.
O’tgan yili birlashmaga qarashli tez yordam boʻlimi hamda avtoturargoh ham taʼmirlandi. Sarflangan 50 mln. soʻm mablagʻning barcha xarajatlari tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi. Shuningdek, birlashma mablag’lari hisobidan yana 55 mln. so’m evaziga birlashmaga qarashli Bolalar boʻlimi joriy taʼmirlangan. Bu kabi texnik va kapital ta’nirlash ishlari ijobiy natijalar bermoqda.
Bundan tashqari, mahalla tibbiy punktlari 12 ta konteynerlar bazasi ham tashkil qilindi. Ushbu maqsadda jami 200 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Xarajatlar homiylarning moliyaviy manbalari hisobidan qoplangani ma’lum qilindi. “Urgʻich” QVP sobiq binosi negizada ham olib borilgan taʼmirlash ishlaridan soʻng MTP tashkil qilingan. Ushbu 12 ta MTP ning 4 tasiga energiyani uzluksiz ta’minlash va tejash maqsadida 4 kV, 8 tasiga 1 kV lik quyosh panellari oʻrnatilgan. Energiya borasidagi ishlar Dehqonobod OShP da ham amalga oshirilib, 15 kV lik quyosh paneli oʻrnatilgan.
foto: muhim24.uz | Jamolbek SALOMOV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiyot xizmat samaradorligini oshirish boʻyicha koʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida birlashmaga qarashli T.Kenjayev OSHP Oilaviy poliklinikaga aylantirilgan.
O’tgan bir yil mobaynida aholiga birlamchi tibbiy sanitariya xizmatini yanada yaqinlashtirish maqsadida “Hakimqul”, “Boltali”, “Koʻrpa”, “Goʻroʻgʻli” Oilaviy shifokorlik punktlari qaytadan tashkil qilindi. KTMPning Ziyovuddin filiali Oilaviy poliklinika sifatida qaytadan tashkil qilindi. Birlashmada 73 ta tibbiy brigada shakllantirildi. Tumandagi jami 33 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida, shu jumladan, 1 ta KTMP, 5 ta Oilaviy poliklinika va 11 ta Oilaviy shifokorlik punktlarida hamda 16 ta MTP larida 152 oʻrindan iborat kunduzgi statsionar davolash bo’limlari shakllantirildi.
Matbuot anjumani davomida birlashma rahbari U. Suvonov jurnalistlarning ham bir qator savollariga javob berdi.
Bugun bolalarda shamollash alomatlari sezilganida shifokorga olib boramiz. Shifokorlarning ko’pchiligi bolajonlarga kuchli turdagi antebyotik dori-darmonlarni olishni tavsiya etishadi. Aslida bu uning bir joyini tuzatgani bilan, boshqa joyiga salbiy ta’sir etishini bilamiz. Aytingchi, aslida bu ishlar to’g’rimi?
Mustaqil jamoatchilik vakili sifatida blogerlik qilib kelayotgan G.Abdullayevaning ushbu savoliga U.Suvonov quyidagicha mazmunda javob berdi:
“To’g’ri savol. Aslida bu noto’g’ri. Shifokor kasallik bakteriyalarining ta’sirchanigini o’rganmasdan turib, unga ta’sir etadigan turdagi doridan kuchliroq dorini tavsiya etishi, bu inson organizmidagi zararli infeksiyalarga qarshi kurashuvchi qarshi immunitetni shakllanishiga xizmat qiladigan bakteriyalarning ham nobut bo’lishiga olib kelishi mumkin. Albatta, bu boshqa tomondan bizga zarar ham beradi, ya’ni bemorga. Ikkinchi tomondan olib qaraydigan bo’lsak, ha deb shifokorni ham ayblashimiz biroz noto’g’ri. Sababi biz o’zbekchilikda kasallik to oyog’imizdan ushlab qolmagunicha shifokorga murojaat etmaymiz. Natijada bu kasallik og’ir holatda shifokorgacha yetib keladi. Bunda kuchli davolash dori-darmonlaridan foydalanishga majbur bo’lishi mumkin.
Yana shuni ham aytishim kerakki, siz aytganingiz kabi muammolar meni ham uzoq vaqtdan beri o’ylantirb kelayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Biz shofoxonada yotib davolanadigan bemorlarning davolanish jarayonlarini to’liq nazoratga oldik. Bu bilan ko’plab muammoli vaziyatlarning ham yechimiga erishdik. Ammo kunduzgi kelib ketuvchi ko’riklarni nazoratga olishimiz biroz murakkab, lekin men buning ham yechimi ustida izlanyapman. Masalan, kelgusida bacterial lobaratoriyani shifoxonamizga olib kelishni niyat qilmoqdamiz. Agar uni olib kelsak, har bir bemor avval ushbu lobaratoriyada sinchiklab tekshiriladi va keyin analiz natijalariga qarab, bakteriyalarning ta’sirchanligiga mos dorilar retsepga beriladi… ”
Paxtachi tibboyot birlashmasi rahbari anjuman davomida malakali, mutaxassis shofokorlarning muassasada yetishmovchiligiga ham alohida to’xtalib o’tdi. Bu borada ko’p shifokorlar mutaxassislarning tanqisligi sababli ikki stakvadan faoliyat olib borishga majbur bo’layotganini aytib o’tdi. Shuningdek, bu tanqislik ta’sirini kamaytirish maqsadida poytaxt va boshqa viloyatlardagi shifoxonalarda faoliyat olib borayotgan asli paxtachilik bo’lgan malakali shifokorlarni ham “Paxtachi sizlarni chorlaydi” shiori ostida bir nechta aksiya tadbirlari o’tkazilgan.