Adiz Boboyev mahallalarga o’rnatilishi kerak bo’lgan kuzatuv kameralari borasidagi ishlarning paysalga solinayotganini tanqid qildi

Adiz Boboyev mahallalarga o’rnatilishi kerak bo’lgan kuzatuv kameralari borasidagi ishlarning paysalga solinayotganini tanqid qildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan 1-sonli qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari 2025-yilning 3-choragi uchun moliyaviy masalalarni erkin qoldiqlar va boshqa manbalardan moliyalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan bo‘lsa-da, ba’zi tuman va shaharlarda moliyaviy masalalar hali ham hal etilmagani uchun tanqid qilindi. Mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilmagani sababli, qarorning 5-ilovasida belgilangan 12 ta maqsadli ko‘rsatgichlar bo‘yicha mahalla va ko‘chalardagi gavjum joylarda 4000 ta kizguv kamerasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar faqat 665 tasi o‘rnatildi. Jomboy, Paxtachi, Nurobod, Samarqand va Urgut tumanlarida esa umuman kameralar o‘rnatilmadi.

Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab va bog‘chalar atrofida ko‘zguv kameralari o‘rnatish ishlari tezlashishi kerakligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishda 500 ta maktab va bog‘cha hamda 150 ta sport maydonchasida kameralar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda faqat 150 ta kamera o‘rnatildi.

Yig‘ilishda huquqbuzarliklarni oldini olish va ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, ko‘zguv kameralari yordamida huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida 3-chorakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar va topshiriqlarni to‘liq bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Laylo ASHUROVA, tayyorladi