O’zbekiston fuqarolarining Rossiya tomonidan jang qilayotgani Zelenskiyning «nazar»iga tushdi

O’zbekiston fuqarolarining Rossiya tomonidan jang qilayotgani Zelenskiyning «nazar»iga tushdi

 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2025-yil 4-avgust kuni Telegram kanalida O‘zbekiston fuqarolari Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilayotgani haqida bayonot berdi.

Xarkov viloyatidagi Vovchansk yo‘nalishida Ukraina harbiylari bilan uchrashuvda janglar dinamikasi, dronlar bilan ta’minlash, rekruting va brigadalarni moliyalashtirish muhokama qilindi. Ukraina harbiylari Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Afrika mamlakatlaridan kelgan yollanma askarlarning Rossiya tomonida jang qilayotganini qayd etdi. Zelenskiy: “Munosabat bildiramiz,” dedi.

Zelenskiy O‘zbekiston va boshqa davlatlardan kelgan yollanma askarlarning Rossiya safida jang qilayotganini ta’kidladi. Bu masala xalqaro e’tiborni tortmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Rossiya 2025-yilda kamida 902 O‘zbekiston fuqarosini armiya bilan shartnoma asosida Ukrainadagi urushga jalb qilingani haqida maqola e’lon qilgan edik.

Unda muhojirlar ko‘pincha qurilish yoki frontorti bo‘linmalarga ishga olinishi, qamoqxonalarda esa tahdid va ruhiy bosim orqali yollash amalga oshirilayotgani aytilgan.