«Cobalt»ni o’girlab, IIB xodimini pichoqlaganlar ushlandi

«Cobalt»ni o’girlab, IIB xodimini pichoqlaganlar ushlandi

Sirdaryo viloyatida 18 yoshli ikki yigit Samarqand shahridan yo‘lovchi sifatida mingan Cobalt mashinasini olib qochdi. Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanidan bo‘lgan ushbu yigitlar haydovchi hojatxonaga kirganidan foydalanib, bu voqeani amalga oshirdi.

To‘sib ushlash operatsiyasi boshlangach, ular Bo‘ka tumanida Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) xodimi tomonidan to‘xtatilishga urindi. Biroq, yigitlar xodimni pichoqlab, Cobalt’ni qoldirgan holda uning Matiz mashinasini haydab ketishdi.

Keyinroq Matiz’da yo‘lni to‘sib chiqqan Yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimini urib ketishdi. Yakunda ular Ohangaronda qo‘lga olindi.