Korrupsiyaga qarshi kurashga befarq boʻlgan idoralar reytingi eʼlon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashga befarq boʻlgan idoralar reytingi eʼlon qilindi

Uning eng quyi pogʻonalaridan, Surxondaryo viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Andijon viloyat hokimliklari oʻrin egallagan boʻlib, korrupsiyaga qarshi  kurashishda qoniqarsiz ishlagan deb qayd etildi.

Shuningdek, energetika vazirligi, ichki komlayens nazoratini oʻrnatmagani hamda korrupsion holatlarga qarshi kurashda samarasiz tashkilot deb belgilandi.

Ushbu reyting 100 ballik tizimda baholandi. Natijalarga koʻra 20 ta tashkilot 55 dan kam ball olgan.

Tahlillar ushbu tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ishlashda kamchiliklar borligini koʻrsatadi.

Muharrir minbari: Qurilish intizomi kuchaymasa, bunyodkorlik ishlarida izchillik yo‘qoladi

Muharrir minbari: Qurilish intizomi kuchaymasa, bunyodkorlik ishlarida izchillik yo‘qoladi

So‘nggi yillarda mam­lakatimizda qurilish sohasi iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Davla­ti­miz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, shuningdek, qurilish sohasida joriy etilayotgan zamonaviy me’yor va talablar bu yo‘nalishda sifat va xavf­sizlikni ta’minlash, yangi uy-joylar, ijtimoiy soha obyekt­la­rini barpo etishda qat’iy tar­tibni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.