So‘nggi yillarda O‘zbekiston sud-huquq tizimida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tiborga loyiq.
2023-yil 11-aprelda Prezident tomonidan imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ushbu islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qonun doirasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 41-1-modda (shahvoniy shilqimlik qilish), 59-2-modda (oilaviy zo‘ravonlik) va Jinoyat kodeksiga 126-1-modda (oilaviy zo‘ravonlik), 141-3-modda (shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish) kiritildi.
2025-yilning birinchi yarmida qayd etilgan natijalar:
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks:
- 41-1-modda (shahvoniy shilqimlik qilish): 986 shaxs javobgarlikka tortildi (358 nafariga jarima, 628 nafariga ma’muriy qamoq).
- 59-2-modda (oilaviy zo‘ravonlik): 4 952 shaxs javobgarlikka tortildi (3 200 nafariga jarima, 1 752 nafariga ma’muriy qamoq).
- Jinoyat kodeksi:
- 126-1-modda (oilaviy zo‘ravonlik): 231 shaxs sudlandi (65 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 166 nafariga boshqa jazo).
- 141-3-modda (shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish): 99 shaxs sudlandi (24 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 75 nafariga boshqa jazo).
Ushbu qonuniy o‘zgarishlar va amaliy choralar xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda adolat va tenglikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.