Jurnalistga tilini chiqargan sudya baloga qoldi

Jurnalistga tilini chiqargan sudya baloga qoldi

Sudya jurnalistlarga tilini chiqargani uchun baloga qoldi

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi sud majlisida sudya Abinur Qorabayev jarayonni videoga olayotgan jurnalistlarga tilini chiqardi. Ushbu video jurnalist Botagoz Umarova tomonidan kameraga yozib olingan va Facebook sahifasida joylangan.

Qozog‘iston sud tizimi rahbariyati voqeaga tezkor munosabat bildirgan. Rasmiy bayonotda bu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangani ma’lum qilingan.