Dili. me nomi bilan tanilgan vayner hibsga olingani boʻyicha Bosh prokuratura axborot berdi

Dili. me nomi bilan tanilgan vayner hibsga olingani boʻyicha Bosh prokuratura axborot berdi
Pastdagi mp3 orqali xabarni audio shaklda tinglang:

Maʼlum qilinishicha, vayner 23-yanvar kuni sheriklari bilan fuqaro P.A.ni urib tan jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan boʻyin tovlab kelgan.

Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

P.S.: Tarmoqlarda tarqalgan norasmiy xabarlarga koʻra, vayner kaltaklagan P.A. oʻzining kuyovidir. Fuqaro P.A. vaynerning singlisiga qoʻl koʻtargani aytilmoqda.