Navoiy shahri, 16-sentabr, 2025-yil – Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videomurojaatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Unda Navoiy shahridagi 2-sonli sport maktabining ota-onalari va o’quvchilari mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan futbol maydonining yoritilish muammosidan noroziligi aks etgan. Bir necha vaqtdan beri davom etayotgan bu holat tufayli bolalar kechki mashg’ulotlarga qatnasha olmay, erta uyga qaytmoqda. Mashg’ulot qatnashchilari bu masalani «Tashabbusli byudjet» loyihasidagi o’z hissalarini eslatib, qattiq tanqid qilmoqdalar.
Videodagi yigitlar guruhining murojaatida aytilishicha, ular stadion qurilishini moliyalashtirish uchun «Tashabbusli byudjet» platformasida ovoz berish orqali faol ishtirok etgan.
«Biz farzandlarimizning sog’lom tarbiyasi uchun Hissamizni qo’shdik, ammo endi maktab ma’muriyati maydon chiroqlarini o’chirib qo’yib, mashg’ulotlarni qisqartirmoqda. Natijada, bolalar sportdan chetda qolmoqda», deb yozgan murojaat mualliflari.
Tanqidning asosiy nuqtasi – pul evaziga kelib o’ynaydiganlarning imtiyozlari.Videoda ta’kidlanishicha, pullik guruhlarga chiroqlarni yoqib, sharoitlarni yaratib berishyapti. Lekin bu pullar maqsadli ishlatilayotganmi? Nazorat qiluvchi vakolatli tashkilotlar bormi? Yoki sport boshqarmasi bu mablag’larni «tuya qilmoqdami?'»
Mashg’ulot qiluvchi bolalar shu sport maktabida o’qishi, 4-5 yildan beri qatnashishlarini alohida ta’kidlaganlar.
Murojaatda sport maktabi ma’muriyati va tegishli idoralar (jumladan, sport boshqarmasi)dan rasmiy munosabat talab qilinmoqda.
Hozircha rasmiy javoblar kutilmoqda. Agar masalada qonunbuzarliklar aniqlansa, bu Navoiy shahridagi boshqa sport inshootlariga ham misol bo’lishi mumkin. Tegishli idoralar tezkor choralar ko’rishlari kerak – aks holda, jamoat noroziligi kuchayishi mumkin.
«MUHIM24» sayti ham holat bo’yicha Navoiy viloyati va shahri mas’ullaridan munosabat kutib qoladi.