Navoiyda zilzila sodir bo‘ldi

Navoiyda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 09:14 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km janubiy-g‘arbda. Epitsentrda sezilish kuchi 4 ball. Magnitudasi 3,9. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Navoiy viloyati, Konimex tumani, O‘zbekiston. Koordinatalari 40,74 shimoliy kenglik, 64,95 sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

G‘ijduvon tumanida 3 ball, 23 km.

Konimex tumanida 2 ball, 57 km.

Navbahor tumanida 2 ball, 57 km.