Hamshira chaqaloq o‘g‘irlab sotib yubordi

Hamshira chaqaloq o‘g‘irlab sotib yubordi

Payariqda markaziy shifoxona tug‘uruq bo‘limi hamshirasi ruhiy nosog‘lom ayolning chaqalog‘ini o‘g‘irlab chiqib, sotib yuborgani aytilmoqda. Chaqaloq 3 kunlik qizaloq bo‘lib, hamshira uni aldov yo‘li bilan o‘g‘irlab olib chiqib ketgan. Bolani 5 mln so‘m va 100 AQSH dollariga sotib, pulni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hamshira  –   1981 yilda tug‘ilgan ayol  –  Payariq tumani markaziy shifoxonasi tug‘uruqxona bo‘limi hamshirasi lavozimida ishlagan, shu yil 12 aprel kuni ruhiy nosog‘lom bo‘lgan ayolning chaqalog‘ini, shuningdek uning fuqarolik pasporti hamda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olib chiqib ketgan. Bolani o‘z mashinasida tumanda yashovchi boshqa fuqaroning uyiga olib borib, uni 5 mln so‘m hamda 100 AQSH dollariga sotgan.

Holat yuzasidan Payariq tuman IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, bola tuman tug‘uruqxonasiga qaytarilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, hamshira 2 yil sog‘liqni saqlash tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.