Sabr, mehnat va mehr – ustozlikning abadiy qadri

Sabr, mehnat va mehr – ustozlikning abadiy qadri

Paxtachi tumani hokimi Qayum XUSHBAQOVning 1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi.

Hurmatli ta’lim xodimlari, maktabgacha ta’lim fidoyilari, sport va madaniyat murabbiy­lari, aziz ustozlar!

Barchangizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murab­biylar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun biz jamiyatimiz taraqqiyotida o‘ta muhim o‘rin tutuvchi, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga butun umrini bag‘ishlagan fidoyi ustoz va murabbiylarni yuksak ehtirom bilan yodga olamiz. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli bugungi kunda yurtimizda bilimga chanqoq, vatanparvar, ma’na­viy yetuk yoshlar ulg‘ayib kelmoqda.

Bugun paxtachilik o‘qituvchilar har qachongidan izlanuvchan va fidoyi bo‘lishi zarur. Chunki, pedagoglarga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar kundan-kunga oshib bor­moqda. Shu bilan birga, ushbu talablarni baja­rishga tayyor, zamonaviy bilimga ega o‘qituvchi­larni rag‘batlantirish, ularning malakasini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning guvohi bo‘lib turibmiz.

Joriy yilda ham maktab bitiruvchilarimizning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari viloyat miqyosida ijobiy baholandi. Endi esa oldimizda yanada yuksak marralar – ushbu natijalarni respublika miqyosida ko‘tarish vazifasi turibdi. Shu o‘rinda abituriyentlarni tayyorlayotgan o‘quv kurslaridagi tajribali pedagoglarimizni alohida ta’kidlash joiz. Ularning mehnati tufayli yoshlarimiz kirish imtihon­larida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, bizning faxrimizga aylanmoqda.

Sport to‘garaklarida fidokorona faoliyat yuri­tayot­gan murabbiylarimiz esa respublika muso­baqalarida o‘z salohiyatini yorqin namoyish et­moq­da. Endilikda ularning xalqaro miqyosdagi yutuqlarni ham zabt etishlari, Paxtachi tumani nomini dunyo sport maydonlarida yanada baland ko‘tarishlari barchamizning ezgu orzu-intilishimizdir.

Davlatimiz rahbari ta’lim sohasini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, pedagoglar mehnatini qadrlash, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlash borasida qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu e’tibor har birimizni yanada mas’uliyatli, fidoyi bo‘lishga, yuksak maqsadlar sari dadil intilishga undaydi.

Aziz ustozlar, hurmatli murabbiylar!

Sizlarning mehnatingiz tufayli bugungi va ertangi kunimiz yanada porloq, farzandlarimiz esa bilimli, ma’naviyatli, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘aymoqda. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz yurtimiz kelajagini yoritib, xalqimizning ravnaqi va farovonligini ta’minlashga xizmat qilsin!