Tug‘ilish kamayishining asosiy sababi ayollar mustaqilligining oshishi bo‘ldi – tadqiqot
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Klaudiya Goldin tug‘ilishning global tushib ketishini o‘z qarashlari orqali tushuntirib bergan.
Uning fikricha, tug‘ilishning pasayishiga ayollar mustaqilligining oshishi eng asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Ya’ni erkaklar an’analarni saqlab qolishdan ko‘proq foyda ko‘radi, ayollar esa ulardan voz kechishdan. Ko‘plab martaba ortidan quvuvchi ayollar farzand ko‘rishni kechiktiradi yoki umuman tanlamaydi.
