YUNESKO nega aynan O’zbekistonga qiziqdi?

YUNESKO nega aynan O’zbekistonga qiziqdi?

Sizdayam shu savol shakllangandir. Keling, unga o’zimning mulohazamni bildirsam.

Subyektiv qaraganda, YUNESKOning Madaniyat vazirlari FORUMini aynan O’zbekistonda o’tkazishi – bu oddiy «tanlov» emas, balki geosiyosiy va madaniy signalni ifoda etadi.

1. Tarixiy «javobgarlik»

Samarqand – Ipak yo’lining markazi, 2750 yillik shahar. YUNESKO ro’yxatidagi 9 ta obyekti bor. Bu bilan faxrlansak bo’ladi, negaki, jahonda 2-o’rinda, ya’ni Italiyadan keyingi pog’onada turamiz!.

Bu – «madaniyat sivilizatsiyani saqlaydi» degan tezisning jonli namunasi. YUNESKO shu orqali G’arb markazli diskursdan chiqib, Sharqqa tomon qarashni maqsad qilgan.

2. Siyosiy «yumshoq kuch»

Mirziyoyev 2016-yildan beri ochiqlik siyosati olib bormoqda:

Yiliga 1 milliondan ortiq turist yurtimizni tanlamoqda,
Ta’limda PISAga kirish bo’ldi,
AI axloqi bo’yicha global tashabbus ilgari surildi. Hatto Sun’iy intellektning rivojlanishida Markaziy Osiyoda yetakchilikka chiqdik, dunyoda esa 70-o’ringa ko’tarildik.

Bu sammit – O’zbekistonning «men endi faqat ichki emas, global o’yinchi» degan deklaratsiyasi. Parijdan tashqari ilk marta – bu ramziy.

3. Kelajak uchun «sinov maydoni»

YUNESKO hozir AI, iqlim, ta’lim kabi global muammolarni hal qilmoqda. O’zbekiston esa AI strategiyasini qabul qilgan, yoshlarning 60% 30 yoshdan kichik, madaniyatni turizm + texnologiya bilan bog’lagan sanoqli mamlakatlar qatoriga kirdi.

Shu sababli, Samarqand – «madaniyat kelajakni qanday shakllantiradi?» degan savolga javob izlash uchun ideal platformaga aylanishi ularni bu yerlarga e’tiborini tushirdi.

Bu tanlov – YUNESKOning «madaniyat – faqat o’tmish emas, kelajak strategiyasi» degan yangi paradigmasining birinchi qadami. O’zbekiston esa bu paradigmaga tarixi, islohoti va ambitsiyasi bilan mos keladi.

Qisqasi, Samarqand – madaniyatning yangi BMTsi bo’lishi mumkin.

Jamolbek SALOMOV