Joriy yilning 13 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rod-Aylend shtati Providens shahrida joylashgan Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada ikki talaba halok bo‘ldi, yetti kishi esa jarohat oldi. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi, 2007 yilda tug‘ilgan Muhammadaziz Umurzoqov ham bor.
Qayd etilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri sanalgan Braun universitetidagi otishma oqibatida kamida 2 nafar kishi halok bo‘lgani va 7 nafar shaxs og‘ir jarohat olgani tasdiqlangan. Vafot etganlar orasida o‘zbekistonlik talaba ham bo‘lgan. Marhumning oila a’zolari AQSHda istiqomat qilib kelgan.
“Muhammadaziz o‘tkir aqli, mehribonligi va boshqalarga yordam berishga doim tayyorligi bilan qadrli edi. U kamtar va ochiqko‘ngil inson bo‘lib, atrofdagilar tomonidan chuqur hurmatga sazovor bo‘lgan. U iqtidorli talaba, sevimli o‘g‘il, uka va do‘st sifatida xotiralarimizda qoladi”, deydi Muhammadazizning yaqinlaridan biri QALAMPIR.UZ nashriga.
Ayni paytda marhum uchun hayriya aksiyasi boshlangan. Ushbu mablag‘lar yuridik masalalar va janoza tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun yo‘naltirilishi aytilmoqda.
Ushbu fojia ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib borayotgani ma’lum qilindi.
Otishmani sodir etishda gumonlanib 24 yoshli Benjamin Erikson qo‘lga olingan. U AQSH Qurolli kuchlarida harbiy bo‘lgan va snayperlik tayyorgarligidan o‘tgani haqida ma’lumotlar bor.
Ayni paytda marhum uchun hayriya aksiyasi boshlangan.
Ushbu mablag‘lar yuridik masalalar va janoza tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun yo‘naltirilishi aytilmoqda.