JSST: Yana toʻrt mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi

JSST: Yana toʻrt mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi

JSST: Yana toʻrt mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, Yer yuzida vabo kasalligining tarqalish xavfi juda yuqori.

“2023-yil 11-fevraldan global vaziyat yomonlashmoqda. Epidemiya qayd etilgan mamlakatlar soni yana 4 taga koʻpayib, jami 24 taga yetdi”, — deyiladi JSST hujjatida.

Vabodan jabr koʻrgan davlatlarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan. Mutaxassislar mart oyida kuzatiladigan “Freddi” tropik sikloni tufayli endi Malavi va Mozambikda vaziyat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda.

Oʻz navbatida, xalqaro ekspertlar vaboga chalinganlar oʻrtasida oʻlim darajasi sezilarli darajada ortganini maʼlum qildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.