«Metan»da navbatda turgan avtobus haydovchilariga osh tarqatildi

«Metan»da navbatda turgan avtobus haydovchilariga osh tarqatildi

Ayrim metan zapravkalar yopiqligi sabab avtobuslar ham navbatda qolib ketmoqda. Navbatda turgan avtobus haydovchilariga esa tashkilot osh tarqatmoqda

“Toshshaxartransxizmat” maʼlumotiga ko‘ra, Toshkentda har kuni 1 000 dan ortiq katta va o‘ta katta sig‘imli avtobuslar siqilgan tabiiy gazda (metan) harakatlanadi. Ilgari ushbu avtobuslar 33 ta AGTKSH (metan quyish shoxobchasi) orqali yoqilg‘i bilan taʼminlangan.

Biroq havo harorati pasaygani sababli aholi, ijtimoiy muassasalar va strategik ahamiyatga ega obyektlarni gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida avtobuslarga xizmat ko‘rsatuvchi metan quyish shoxobchalarining soni vaqtincha 11 taga qisqartirildi. Yaʼni ayrim shoxobchalar vaqtincha yopildi.

Shu boisdan AGTKShlargacha bo‘lgan masofa oshdi, qishda gaz isteʼmoli ko‘paydi, magistral gaz quvurlarida bosim pasaydi. Natijada avtobuslarga yoqilg‘i quyish vaqti uzaydi va shoxobchalarda navbatlar yuzaga keldi, deya izohlaydi tashkilot.

“Toshshaxartransxizmat” maʼlumotlariga ko‘ra, vaziyatni barqarorlashtirish uchun tungi navbatchilik tashkil etilgan.