Ma’lum bo‘lishicha ularga sportchilar ham qo‘shilgan
Murojaatda shunday deyiladi: ”Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investisiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi.
Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarini hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi.
Eng achinarlisi, “oson pul topaman” degan iltijoda bilarida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yana bir yomon jihati – O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!
O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!”, – dedi davlatimiz rahbari.
