Paxtachi tumani: Oqtepa qishloq axborot kutubxonasida Yangi yil bayrami quvonchli o’tkazildi.
Paxtachi tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli Oqtepa qishloq axborot kutubxonasida 11-sonli maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari kutubxona mutaxassislar bilan hamkorlikda Yangi yil bayramini o’tkazishdi.


Tadbirga Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini yetakchilari, nuroniylar taklif etildi. «Ko’zmunchoq» oilaviy nodavlat ta’lim tashkiloti rahbari D.To’xtaeva, Oqtepa MFY raisi N.Xudoyqulova hamda kutubxona xodimi M.Yo’rqulova so’zga chiqib, bolajonlarni yangi yil bilan tabrikladi va ularga ezgu tilaklar bildirishdi.



Bayram davomida Qorbobo kelib, bolalarga ajoyib kayfiyat ulashdi. Mahalla jamoasi, kutubxona va bolalar bog’chasi tomonidan tayyorlangan sovg’alar tarbiyalanuvchilarga topshirildi.
Tadbir bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirdi va bayramona ruhda yakunlandi.
