1-apreldan nimalar o’zgarmoqda? Qonunchilikdagi yangiliklar

1-apreldan nimalar o’zgarmoqda? Qonunchilikdagi yangiliklar

➖ mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);
➖ import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi, ular boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini kechiktirib (9 oy davomida) toʻlashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);
➖ texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.
1-apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi
Jumladan:
➖oʻz bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlarga esa 35 million soʻmgacha subsidiya beriladi;
➖IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamgʻarmasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.