O‘zbekistonda xususiy sektorda 1,8 million ayoldan 15 ming nafarigina dekret ta’tili ololgan

O‘zbekistonda xususiy sektorda 1,8 million ayoldan 15 ming nafarigina dekret ta’tili ololgan

Yangi sug‘urta tizimi masalani hal qiladimi?

Byudjet tashkilotlarida 1,4 million ayol ishlaydi va ulardan 120 ming nafari dekret ta’tiliga chiqqan. Xususiy sektorda esa 1,8 million ayol mehnat qiladi, ammo dekret ta’tilidan foydalanganlar soni atigi 15 ming nafarni tashkil etmoqda.

Solishtirilsa, byudjet tizimida — taxminan har 12-ayoldan 1 nafari, xususiy sektorda — 120 ayoldan 1 nafari
rasmiy ravishda dekret ta’tiliga chiqayapti, xolos.

Yangi davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etilsa, xususiy sektorda ham dekret nafaqalari kafolatlangan mexanizm asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu tadbirkor uchun moliyaviy yukni qisman kamaytiradi. Rasmiy mehnat munosabatlarini rag‘batlantiradi.

Biroq shu bilan birga xavf ham bor. Ayrim ish beruvchilar rasmiy maoshni kamaytirib ko‘rsatish orqali nafaqa miqdorini pasaytirishga harakat qilishi mumkin. Shuningdek, norasmiy sektorda ishlayotgan minglab ayollar baribir tizimdan tashqarida qolish xavfi saqlanib qoladi.