Buxoroda AI-95 markasi ostida sotilgan benzin avtomobilga zarar yetkazdi.
Fuqaro “Narzulloobod Javohiri” xususiy korxonasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan xarid qilingan 10 litr AI-95 benzindan so‘ng avtomobilida texnik nosozliklar paydo bo‘lgani yuzasidan murojaat qilgan.
AI-95 markasi ostida sotilgan benzin avtomobilga zarar yetkazgani ortidan iste’molchiga ko‘rilgan moddiy zarar qoplab berilgan.
